Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pul o‘tkazmalari bilan yuzaga kelayotgan muammolar tufayli ko‘plab rossiyalik tadbirkorlar MDH davlatlari, jumladan O‘zbekistonda o‘z korxonalarini ochishga kirishdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bunga sabab esa Rossiya banklarining SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzilgani va valyuta o‘tkazmalari miqdori jismoniy shaxslar uchun 1 million dollar bilan cheklangani bo‘ldi.

Eng mashhur yo‘nalishlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston. Ushbu mamlakatlarda siz biznes ochishingiz va xorijiy kontragentlar bilan xorijiy valyutada hisob-kitoblarni davom ettirishingiz mumkin, — deydi Alps & Chase huquqshunosi Natalya Salnikova.

Unga ko‘ra, kimdir boshqa mamlakatda biznes ochishni faoliyatidagi kengayish, yangi bozorlarni o‘rganish imkoniyati, deb hisoblaydi. Boshqalar esa chet elda ochilgan kompaniyalardan faqat valyuta markazlari sifatida foydalanadi.

Agar ilgari MDH mamlakatlaridagi banklarda har qanday biznes uchun hisob raqamlarini masofadan turib ochish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, hozir Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda qat’iy rioya joriy qilingan.

Endi kompaniya direktori mamlakatga kelishi va faoliyatini batafsil tasvirlab berishi talab etiladi. Busiz kompaniya uchun hisob ochish imkonsiz.

Agar tadbirkor mamlakatni o‘z biznesi uchun tranzit mamlakat deb hisoblab, uning hududida real faoliyat yuritmasa, bank hisob raqamini ochish rad etiladi, — deydi Salnikova.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)