Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 399 ta korxona tashkil etildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Taqqoslash uchun, 2021-yilning 12 oyida 356 ta, 2020-yilda esa 265 ta shunday korxona ochilgan edi.

Rossiya katta farq bilan birinchi o‘rinda — ikkinchi o‘rinda turgan Turkiya ishtirokida ikki baravar kam yangi kompaniya tashkil etildi – 183 ta.

Rossiya ishtirokidagi yangi kompaniyalar soni fevraldan keyin oshdi (yanvarda 23 ta, fevralda 28 ta, martda 56 ta, aprelda 103 ta, mayda 92 ta, iyunda 89 ta kompaniya tashkil etildi).

Bu Ukrainada urush boshlangandan keyin ko‘plab rossiyalik tadbirkorlar Rossiyani tark etish, o‘z bizneslarini boshqa davlatlarga ko‘chirishga qaror qilganliklari bilan izohlanadi.

Turkiyalik, xitoylik va boshqa tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonda kompaniyalar ochish sur’ati o‘zgarmagan.

Avvalroq Rossiyalik IT-mutaxassislar O‘zbekistonga intilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor