Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxona faoliyati hamda mazkur hududda muassasa mijozlariga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

2021-yil 21-oktabrda prezidentimizning jizzaxliklar bilan saylovoldi uchrashuvida hudud sanoatini “Jizzaxda ishlab chiqaring” g‘oyasi asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan edi.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga sanoat dasturi sifatida kiritilgan ushbu g‘oya bugungi kunda hududda qator yangi ishlab chiqarishlarning yo‘lga qo‘yilishiga omil bo‘lmoqda.

Aytish joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham viloyatda bir necha o‘nlab yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirishga jonbozlik ko‘rsatib kelinmoqda.

Forish tumanida bazalt tolasidan geosetkalar ishlab chiqarish loyihasi shular sirasiga kiradi.

Press-tur davomida OAV xodimlari “Geobasalt products” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu ishlab chiqarish obyekti bilan tanishtirildi.

– Bugungi kunda Yaponiya, Xitoy, Turkiya kabi Sharq mamlakatlari shaharsozligida keng qo‘llaniladigan bazalt tolasidan ishlab chiqariluvchi geosetkalar O‘zbekiston qurilish materiallari bozori uchun innovatsion xarakterga ega mahsulot hisoblanadi, – deydi “Geobasalt products” MCHJ bosh texnologi Ahmadjon Yusufjonov.– Bizni yangi mahsulot yaratishga undagan asosiy sabab – bu respublika miqyosida bazalt xomashyosining 65 foizi aynan Jizzax hududida mavjudligi hamda mazkur qurilish materiali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot turiga kirishidir.

Korxonaning ishga tushirilishida 17,8 mln dollar miqdorida mablag‘ sarf qilindi. Bank tomonidan Buyuk Britaniya texnologik uskunalarini olib kelib o‘rnatishga moliyaviy ko‘maklashildi.

Hozirda u yerda yiliga 5 million metr kvadrat bazalt tolasidan geosetkalar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning qariyb 68 mlrd. so‘mlik qismi xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

E’tiborli tomoni, “Geobasalt products” jamiyatida 120 dan ziyod yangi ish o‘rni yartilgan. Shu bois 2021-yilda Jizzax viloyatida “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan korxona” nomini oldi.

Press-tur kun tartibiga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbankning Jizzax mintaqaviy bank tarmog‘ida matbuot anjumani ham tashkil qilindi.

Unda jurnalistlar Jizzax mintaqaviy bank xizmatlari ofisi (BXO) tomonidan shu yilning o‘tgan 6 oyi davomida ko‘rsatilgan xizmatlar va ularning natijadorligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bank tarmog‘ida jozibali moliyaviy xizmat va mahsulotlar joriy etilgan sayin mijozlar bazasi ham tobora oshib bormoqda. Xususan, bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko‘payib, chakana mijozlar soni 3 barobarga o‘sgan.

Kichik va o‘rta biznes subyektlarining bank kreditlari bo‘yicha murojaatlari 2 baravarga ortib, hisobot davrida 40 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Aholi va xo‘jalik subyektlarining jami 15 mlrd so‘mlik bo‘sh pullari omonatlarga jalb qilingan.

Iqtisodiyot tarmoqlariga doir loyihalarni moliyalashtirishda qishloq xo‘jaligi (kredit qo‘yilmadagi hajmi 42,46 foiz) va sanoat (41,17 foiz) ustuvorlik kasb etgan.

Birgina qurilish materiallari sanoatidagi umumiy hajmi 749 mln dollar bo‘lgan 51 ta loyihaning tatbiq etilishiga bank tarmog‘i tomonidan 2,2 mlrd so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratilgan, 348 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Natijada 2,2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari barpo etilgan.

– O‘zsanoatqurilishbank tizimida qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lgani bois, bu borada yangi tizim yaratilgan, – deydi Jizzax mintaqaviy BXO boshlig‘i Diyor Nomozov. – Unga ko‘ra, biz birinchi navbatda mavjud zaxira konlariga ega qurilish materiallari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bugun mijozlarimiz orqasida keramzit, mineral tola, pardozbop toshlar, sement, g‘isht kabi qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha nafaqat mahalliy, balki xorijiy hamkorlaridan ham buyurtmalar olishda katta natijalarga ega bo‘lganlar talaygina.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)