Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gibraltar hukumati rossiyalik tadbirkor Dmitriy Pumpyanskiyga tegishli bo‘lgan Axioma yaxtasini sotdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Boat International

Foto: Boat International

Agence France Presse agentligining Britaniya chet el hududi sud organlariga tayanib xabar berishicha, kelishuv 37,5 million dollarga baholangan.

Yaxta xaridorining ismi oshkor etilmagan. Kimoshdi savdosi boshlanishidan oldin hokimiyat 72 metrlik Malta bayrog‘i ostidagi kemaning potensial xaridorlaridan 63 ta taklif olgan.

Savdodan tushgan mablag‘, ta’kidlanganidek, Pumpyanskiyning kreditorlariga tovon to‘lash uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.

Gibraltar port ma’muriyati mart oyida Buyuk Britaniya hukumati Pumpyanskiyga qarshi sanksiyalar joriy etishini e’lon qilganidan keyin Axiomani musodara qilgan.

Taxminiy qiymati 65 million funt sterling (77 million dollar) bo‘lgan yaxta Amerikaning JPMorgan banki talabiga ko‘ra musodara qilingan, u Pumpyanskiyga tegishli Pyrene Investments bankdan 20 million dollar qarzi borligini da’vo qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi