Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak, dedi Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Sueddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.

Foto: Germaniya prezidenti ofisi

Foto: Germaniya prezidenti ofisi

“So‘zlarni jiddiy qabul qilish, ularni po‘pisa deb e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak — jiddiy qabul qilish ojizlik yoki murosa belgisi emas, bu siyosiy donolik belgisidir”, — dedi sobiq kansler.

Merkel Putinning yadroviy qurol haqidagi so‘zlarini nazarda tutayotganini ta’kidladi.

21-sentabr kuni Putin o‘z nutqida G‘arbni agressiv siyosat va “yadroviy shantaj”da ayblagan edi. U Rossiya o‘z aholisini himoya qilish uchun “har qanday vositadan” foydalanishini aytib, “bu po‘pisa emas”ligini ta’kidladi.

22-sentabr kuni Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ushbu hududlar “Rossiyaga qabul qilingach” ular Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinishini, armiya “har qanday quroldan, shu jumladan strategik yadroviy quroldan” foydalanishi mumkinligini atdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi