Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya terma jamoasi JCH—2022 dan so‘ng murabbiyni almashtirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, terma jamoa Qatarda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar Garet Sautgeyt o‘z postini tark etishga qaror qilgan.

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Sautgeyt o‘rniga angliyalik mutaxassis tayinlash ideal yechim bo‘ladi deb hisoblaydi. Biroq variantlar yo‘qligi bois FA Maurisio Pochettino, Brendan Rojers (“Lester”) va Stiv Kuper (“Nottingem Forest”) nomzodlarini ko‘rib chiqishi mumkin.

Sautgeytning inglizlar bilan shartnomasi 2024-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning maoshi yiliga taxminan 5 million funtni tashkil etadi.

Angliya terma jamoasi B guruhida Eron, AQSH va Uels bilan bir guruhdan joy olgan. Qatar mezbonlik qiladigan Jahon Chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi