Italiya parlamenti saylovlarida o‘ngchilar koalitsiyasi har ikki palatada 44 foizga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Saylov natijalariga ko‘ra, eng yirik “Italiya Birodarlari” o‘ngchi partiya yetakchisi Jorjia Meloni Italiya bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda. U Italiya Vazirlar kengashini boshqaradigan birinchi ayol bo‘ladi.
Hukumatning o‘zi Ikkinchi jahon urushidan beri ilk bor eng ko‘p o‘ngchilardan iborat bo‘ladi, ta’kidladi Politico.
Demokratik partiya boshchiligidagi markaziy so‘l koalitsiya saylovda 26 foizga yaqin ovoz to‘pladi.
Izoh (0)