Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinda Ukraina 24-sentabr, shanba kuni Armaniston bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 22-daqiqasida Oleksandr Timchik hisobni ochdi. 57-daqiqada Oleksandr Zubkov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 69-daqiqada esa Artyom Dovbik ukrainlarning uchinchi goliga mualliflik qildi. O‘yin so‘ngida Danilo Ignatenko bitta gol urgan bo‘lsa, Artyom Dovbik dublni rasmiylashtirdi.

Ukraina ochkolarini 10 taga yetkazib o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda. Armaniston esa 3 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi.

Millatlar Ligasi

5-tur bahsi

24-sentabr, shanba

Armaniston – Ukraina 0:5

Gollar: 0:1 – 22 Timchik, 0:2 – 57 Zubkov, 0:3 – 69 Dovbik, 0:4 – 81 Ignatenko, 0:5 – 84 Dovbik.

Armaniston: Yurchenko, Ambarsumyan, Chalishir, Mkoyan (Voskanyan, 76), Margaryan (Monroy, 75), Bayramyan, Dashyan, Grigoryan, Selarayan (Serobyan, 82), Bichaxchyan (Arutyunyan, 46), Barsegyan (Shagoyan, 63).

Ukraina: Lunin, Timchik, Krivsov (Matvienko, 77), Kacharaba, Zabarniy, Mikolenko, Sidorchuk (Pixalenok, 46), Ignatenko, Sigankov (Yarmolenko, 66), Yaremchuk (Dovbik, 66), Zubkov (Mudrik, 71).

Ogohlantirishlar: Sidorchuk (31), Krivsov (61), Dashyan (71), Arutyunyan (89).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi