Samuel Eto‘O Kamerun terma jamaosining maqsadi Jahon Chempionatida g‘alaba qozonish ekanligiga ishora qildi.
“Maqsadimiz — musobaqani 18-dekabrda tark etish (JCH—2022 finali sanasi).
Ortga chekinmaymiz”, — deydi Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti.
Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan JCH—2022 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar davom etadi. Kamerun terma jamoasi o‘z guruhida Shveysariya, Serbiya va Braziliya bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Kamerun O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston safida Hojimat Erkinov va Oston O‘runov gol mualliflariga aylandi.
Izoh (0)