Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

UEFA futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirokchilar sonini oshirish g‘oyasidan voz kechadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, tashkilot 2028-yilga kelib ishtirokchilar sonini 32 taga oshirish g‘oyasidan voz kechish istagida.

Yevropa televizion kompaniyalari UEFAning 55 a’zosidan 32 tasi qatnashadigan musobaqa tijoriy tomondan qimmatga sotilmasligini ma’lum qilgan. Bunga sabab qilib ko‘plab guruhdagi vaziyat oldindan ayon bo‘lishi, hech narsani hal qilmaydigan o‘yinlar soni ortishi ko‘rsatilgan.

Bu haqdagi yakuniy qaror UEFAning noyabr oyidagi Ijroqo‘m yig‘ilishida ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yildan boshlab Yevro qatnashchilari soni 16 tadan 24 taga oshirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi