Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yig‘im-terim uchun hech kim qolmagan. Fermerlar ishchi kuchi tanqisligidan aziyat chekmoqda. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Foto: Proagri

Foto: Proagri
Sabzavot yetishtiruvchilarning fikricha, ular hozirdanoq foydaning 50 foizini boy berib bo‘lgan. 

Chorvachilikda ham ahvol xuddi shundayligi aytilmoqda. Fermerlarning so‘zlariga ko‘ra, bunga mamlakat Mehnat vazirligi xorijdan ishchi kuchi jalb qilish uchun kvotani qisqartirgani sabab bo‘lgan. 

Joriy yildan boshlab, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xorijdan ishchi kuchi jalb qilish uchun kvotani qisqartirdi.  

Natijada, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati uchun juda kam ko‘rsatkich belgilandi — atigi 168 kishi, mehnat muhojirlariga bo‘lgan ehtiyoj esa 700 kishini tashkil etadi.

Bu har bir fermer xo‘jaligi ikki kishidan olishi mumkin degani. Xo‘sh, bu ikki kishi nima ish qila oladi? Bitta issiqxona majmuasiga kamida 35-40 kishi kerak, — deydi viloyat tadbirkorlar palatasi direktori o‘rinbosari Ruslan Kuyshinov.

Tadbirkorlar palatasi qishloq mehnatkashlarining mavqeyini davlat darajasida oshirish zarur, deb hisoblaydi. 

Bizga mahalliy ijro hokimiyati organlari va fermerlar o‘rtasida motivatsiya, dastur yoki kelishuvlar kerak, — deydi Kuyshinov.

Shuningdek, palata vazirlikdan kvotalar sonini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Ayni paytda fermerlar xorijliklarning mehnatidan noqonuniy foydalanishga majbur bo‘lyapti. 

Bu esa ishchilar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi