Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Farog‘at ko‘chasidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portaliga joylashtirilgan

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

Lot auksionga jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 2018-yilda qurilgan ikki qavatli uy 13 xonadan iborat.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,02 gektar. Binoning maydoni — 197 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.

Lot izohida yozilishicha, uyda qarzdor o‘z oilasi bilan birga yashaydi. Uy sotib olingandan so‘ng manzilda yashovchilar ixtiyoriy ravishda uyni bo‘shatmagan taqdirda, uyni sud tartibida bo‘shatish lozim bo‘ladi.

Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 1,18 mlrd so‘m. Arizalar 26-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Samarqanddagi dorixona auksionda 2,1 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi