Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoydan Afg‘onistonga tovarlar yetkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashabbusi bilan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston temiryo‘llari ma’muriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ishchi guruh yig‘ilishi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N.Xasilov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R.Mahkamov kirish so‘zi bilan chiqdi. Shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi A.X.Elmi ham ishtirok etdi.

Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikni yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlarning logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Xitoyning Qashg‘ar stansiyasidan Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasigacha bo‘lgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, afg‘onistonlik mehmonlar ishchi guruhning barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatladi. Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi A.X.Elmi va Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.B.Sharofat tomonidan O‘zbekistonga har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rt tomonlama bayonnoma imzolandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi