Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Barselona” qishki transfer oynasida bir qator yuqori maosh oluvchi futbolchilardan qutulmoqchi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Katalon klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida boshlangan “tozalash”ni qishda yakunlab qo‘yadi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Asosiy maqsad maoshlar vedomostini qisqartirish bo‘ladi. Yozda birorta futbolchi maoshining kamaytirilishiga rozi bo‘lmagan. Faqat Martin Breytueyt, Miralem Pyanich va Riki Puchning ketishigina vedomostni qisqartirishga erishilgan.

Yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida “Barselona” yuqori maoshga ega va murabbiylar shtabi uchun u qadar kerakli bo‘lmagan futbolchilar bilan xayrlashishga harakat qiladi.

Gap himoyachilar Xerard Pike, Xordi Alba, yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Memfis Depay haqida bormoqda. Ularning barchasi jamoaning yuqori maosh oluvchi o‘yinchilari qatoriga kiradi.

Bundan tashqari katalonlar qishda jamoa tarkibini tartibga keltirmoqchi. Ayni vaqtda “Barselona”da besh nafar markaziy himoyachi va uch nafar chap qanot himoyachisi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi