Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Farmonga ko‘ra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:

  • mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
  • soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
2022-yil 1-iyuldan mazkur farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to‘lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

Ma’lumot uchun, 2022-yil 1-iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band yerga mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi