Yevropa davlatlarining davlat qarzi qator inqirozlar natijasida jami YIMning 97 foiziga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy masalalar bo‘yicha Yevrokomissari Paolo Gentiloniga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Shu bilan birga, rekord darajadagi inflyatsiya Yevropani hali ham oldini olish mumkin bo‘lgan tanazzulga olib kelmoqda.
Davlat qarzi, albatta, barcha inqirozlar natijasida o‘sib bordi va hozir Yevropada 97 foizni tashkil etadi, — deydi Gentiloni.
Unga ko‘ra, Yevropa shu paytgacha o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi va ishsizlik darajasi past bo‘ldi, ammo katta inflyatsiya retsessiya bilan tahdid qilishda davom etmoqda.
Buning oldini olish uchun u moliyaviy tartibga solish va energiya inqiroziga qarshi kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq Yevropa energiya inqirozini yumshatish uchun bir yilda taxminan 280 mlrd yevro sarflagani haqida xabar berilgandi.