Toshkentning Mirobod tumanida 11 yoshli bola oyog‘i temir panjaraga tiqilib qoldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Hamal ko‘chasidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog‘i tushib ketib, qisilib qolganligi to‘g‘risida murojaat 8-sentabr kuni soat 18:25 da kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.
Shunday holat Guliston shahrida ham kuzatilgandi. Qutqaruvchilar ariq panjarasiga tiqilib qolgan 11 yoshli bolaning oyog‘ini chiqarib olgandi.