Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida erkak 6-sentabr kuni farzandlarini Labo yukxonasiga o‘tqazib, maktabga olib borib qo‘ydi. Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilgan va erkak shaxsi aniqlangan. U bilan olib borilgan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, maktab masofasi uzoq ekani va u tomonga transport qatnamasligi sababli erkak farzandlarini maktabga tashlab qo‘yish uchun ketayotgan bo‘lgan. Mashinadagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan o‘rinda o‘z otasi ketayotgani sababli 2 farzandini yukxonada olib ketishga qaror qilganini bildirgan.

Erkak bilan profilaktik suhbat olib borilgach, holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiyashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar