Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa komissiyasi va Ukraina Kiyevga 500 million yevro miqdorida yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy vakili Erik Mamerga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Yevropa Komissiyasi va Ukraina bugun (5-sentabr) kuni, aprel oyida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kampaniyasi va may oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi xalqaro donorlar konferensiyasi doirasida, prezident Von der Leyen tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bir qismi sifatida 500 million yevro miqdoridagi byudjet mablag‘ini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni imzoladi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag’lar ta’lim, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari va uy-joylarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Yevrokomissiya iyun oyi oxirida Ukrainaga yil oxirigacha 9 milliard yevro miqdorida yordam ajratish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgandi. Biroq hozircha bu mablag‘ning atigi 1 milliard yevrosini Kiyevga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva, Germaniyani 9 milliard yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordamni to‘sib qo‘yganlikda ayblagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon 1 milliard yevro yordam olgan. Ammo Germaniya va boshqa ba’zi Yevropa davlatlari qolgan 8 milliard yevroni berishni kechiktirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi