Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Iqlimning keskin o‘zgarayotgani, ko‘p davlatlarda qurg‘oqchilik bo‘lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko‘pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘yayotganini ham ko‘rib turibsizlar.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda o‘z hududida ichki talabni to‘liq ta’minlash va eksportni oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart. Lekin hali ko‘p hokimlar buni tushunib yetmayapti”, — dedi davlat rahbari so‘zi avvalida.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilda 80 ming gektar maydon paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga bo‘lib berildi. 5-sentabr kuni imzolangan prezident qaroriga ko‘ra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.

Yig‘ilishda Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlari bu yerlardan samarali foydalanib, 3 martagacha hosil olib, ichki bozorni ta’minlash bilan birga eksportini 1,5 baravarga oshirgani ta’kidlandi. Natijada respublikada parranda go‘shti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi ancha yaxshilandi.

Misol uchun, so‘nggi 3 yilda:

  • baliq yetishtirishni Andijon 4 ming tonnadan 25 ming tonnaga, Buxoro 3,5 ming tonnadan 23 ming tonnaga oshirgan;
  • parranda go‘shtini Samarqand 22 ming tonnadan 100 ming tonnaga, Toshkent viloyati 31 ming tonnadan 90 ming tonnaga yetkazgan;
  • tuxum ishlab chiqarishni Sirdaryo 127 million donadan 200 million donaga, Namangan 480 million donadan 700 million donaga, Farg‘ona 350 million donadan 600 million donaga ko‘paytirib, to‘liq o‘zini-o‘zi ta’minlayapti.
Lekin ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qila olmagani qayd etildi.

“Nima, bu viloyat hokimlari hududiga qancha oziq-ovqat yetishmasligi, qancha import kirayotganini bilmaydi-mi?” — deya savol qo‘ydi Prezident.

Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog‘liq bo‘lib qolayotgani qayd etildi. Prezident bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini mamkalatda ishlab chiqarib, ko‘paytirish bo‘yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.

Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o‘zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova