Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Formula 1 bo‘yicha 2022-yilgi mavsumning hisob bo‘yicha 14-Gran-prisi Belgiyada bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Unda Red Bull poygachisi Maks Ferstappen g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ferstappenning jamoadoshi Serxio Peres ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ferrari vakili Karlos Sayns kuchli uchlikdan joy oldi.

2022-yilgi mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan Sebastyan Fettel ushbu Gran-prini 8-pog‘onada yakunladi. Lyuis Hemilton esa Fernando Alonso bilan to‘qnashuvdan keyin poygani erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

Ortda qolgan 14 poyganing 9 tasida g‘alaba qozongan niderlandiyalik sportchi 284 ochko bilan umumiy ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Serxio Peres (191) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, Sharl Lekler (186) 3-pog‘onaga tushdi.

2022-yilgi mavsumning ortda qolgan Gran-prilarida g‘olib bo‘lganlar bilan tanishing:

  • Sharl Leker (Bahrayn Gran-prisi)
  • Maks Ferstappen (Saudiya Arabistoni)
  • Sharl Lekler (Avstraliya)
  • Maks Ferstappen (Emili-Romanyi, Italiya)
  • Maks Ferstappen (Mayami, AQSh)
  • Maks Ferstappen (Ispaniya)
  • Serxio Peres (Monako)
  • Maks Ferstappen (Ozarbayjon)
  • Maks Ferstappen (Kanada)
  • Karlos Sayns (Buyuk Britaniya)
  • Sharl Lekler (Avstriya)
  • Maks Ferstappen (Fransiya)
  • Maks Ferstappen (Vengriya)
  • Maks Ferstappen (Belgiya)
Mavsum yakuniga qadar yana 8 ta Gran-pri o‘tkaziladi. O‘tgan mavsumda Maks Ferstappen afsonaviy Hemiltonni ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi