Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalarni yonida saqlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, 15-avgust kuni shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Xo‘qandiy mavzesida joylashgan oshxona oldida K.U. o‘zini shubhali tarzda tutgani uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi