Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Coca-Cola Rossiyada flagman ichimligini “Dobriy kola” brendi ostida sotadi. Bu haqda “Teremok” fastfud tarmog‘i asoschisi Mixail Goncharov ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Goncharovning so‘zlariga ko‘ra, uning tarmog‘i Coca-Cola kompaniyasidan tegishli bildirishnomani olgan. “Biz uni sotishga harakat qilib ko‘ramiz”, — dedi biznesmen Rossiya bozorida “kola asosidagi” boshqa ichimliklar ham borligini ta’kidlab.

Biznesmen sotuvlar “Dobriy” sokining taniqliligi asosiga qurilishini taxmin qildi, uni Coca-Cola’ga tegishli “Multon” kompaniyasi ishlab chiqaradi. “Interfaks” qayd etishicha, kompaniyaning Rossiyadagi bo‘linmasi, “Koka-kola EychBiSi Yevraziya” “Multon partners” deb qayta nomlangan.

Coca-Cola Company iyun oyida, mahsulotlarning mavjud zaxiralari tugaganidan keyin Rossiyada o‘ziga tegishli brendlar ostidagi ichimliklar savdosi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bunga Ukrainadagi urush sabab bo‘ldi.

Rossiyaga flagman ichimligi uchun konsentrat yetkazib berishni Coca-Cola Company martdayoq to‘xtatgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi