Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Senati gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan parlament so‘rovini yuboradi. Bu boradagi masala 1-fevral kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida muhokama qilingan.

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash hamda 2 ta yong‘in chiqish holatlari sodir bo‘lib, ularda 9 nafar fuqaro jarohatlangan va 14 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Shuningdek, yig‘ilishda avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari ko‘plab uchrayotgani qayd etilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, gaz ballonlarini avtomobillarga o‘rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilmagan, gaz ballonlarining texnik sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari ham mavjud.

Bundan tashqari, senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunning 8-moddasida O‘zbekistonning qonun hujjatlari, davlat hokimiyativa boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi belgilangan bo‘lsada, gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarning aksariyati rus tilida qabul qilinganini ta’kidlagan.

So‘rov yuborish masalasi 3-fevral kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Senat O‘zbekistonda 2020—2021-yillarda gaz-ballon o‘rnatilgan 17 ta mashina portlagani haqida axborot bergandi. “Jumladan, 2020-yil va 2022-yilning 10 oyi davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 17 ta portlash holati sodir bo‘lgan va ularning bittasi aynan Farg‘ona viloyatida qayd etilgan”, — deyiladi Senat axborot xizmati xabarida. Aynan mana shu nuqtada noaniqlik bor — O‘zbekistonda so‘nggi bir yilning o‘zida gaz-ballonli avtomobillar portlashi bilan bog‘liq kamida 17 ta holat yuz bergan (Senat axborot xizmati ushbu raqam Bosh prokuraturadan olinganini bildirgan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi