Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 16-avgustdagi farmonida belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilanadi.

Qayd etilishicha, farmon O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash, shuningdek, mamlakatlarning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi