Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Er-xotin ikkita yoki to‘rtta bolasi bilan birga bitta yotoqxonada uxlay oladimi, keyin o‘sha xonada ovqatlanib, dars tayyorlab, mehmon kutib, boshqa kutilgan-kutilmagan, aytsa bo‘ladigan yoki aytib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini bajara oladimi?

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Umuman kutilmagan tasodif bilan “Qalpoq”da epizodik rollari bilan tanilgan aktrisa Fotima Nazarova bilan intervyu sabab ijodkorlar yotoqxonasiga borib qoldik. Ijodkorlar yashaydigan ushbu ijara yotoqxonaga madaniyat sohasidagi rahbarlardan 26 yil ichida Bahodir Ahmedov borib, vaziyatni o‘rganib, yuqoridagi savollarni xodimlariga bergan ekan.

Ushbu ijara yotoqxona, undagi shart-sharoit haqida aktrisa Fotima Nazarova “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga quyidagilarni ochiqladi.

Oxirgi marotaba Bahodir Ahmedov vazir bo‘lgan vaqtlarida bu yotoqxonaga 5-6 marotaba kelgan. O‘sha insonning sa'y-harakati bilan to‘qqizinchi qavatdan ta’mirlash ishlari boshlangan edi. O‘shangacha bu yotoqxona hech qachon ta’mirlanmagan. Hozir sizlar sal epaqaga kelgan vaqtida kelyapsizlar. Avvallari bu joy juda xarob ahvolda bo‘lgan.

Bahodir Ahmedovni rejalari ko‘p edi. Afsuski, ishdan ketdilar. “Qaysing bolalaring bilan bitta xonada er-xotin birga yotasizlar, yotib ko‘ringlar-chi, bular ham inson, ijodkor, madaniyat xodimi”, dedilar.

“Bu yerda hamma oilasi bilan, bolasi bilan yashaydi. Shunday qilamiz har bir oilaga ikkitadan xona beramiz, yoshlarni boshqa yotoqxonaga joylashtiramiz, sharoit qilamiz”, dedilar. Akfa derazalar qilishni boshlagandilar, ishdan ketganlaridan keyin u ish ham qolib ketdi. “Nafaqadagilarga, uzoq muddat yotoqxonada yashaganlarga navbatma-navbat uy beraman”, dedilar, berdilar ham, agar ishdan ketmaganlarida qachonlar men ham uyli bo‘larmidim, baraka topsinlar.

Men 26 yildan buyon shu yotoqxonada yashayotgan bo‘lsam, Bahodir Ahmedovdan boshqa vazir bu yotoqxonaga kelmagan. Ulardan keyin ham hali birorta vazir bu yerga kelmadi.

Hozir bu yotoqxonani maqomini o‘zgartirib yuborishgan. Hozir bu joy yotoqxonani emas-da, ishlab chiqarish maqomiga o‘zgartirishdi. Bu yerda boladan boshqa nima ishlab chiqaradi. Yotoqxonani korxona qilib, “xozraschot”ga o‘tkazib qo‘ydi.

Bu joy yotoqxona bo‘lganida hech bo‘lmasa bu yerga to‘laydigan pulimizni uyga yig‘armidik. Men hozir 600 ming so‘m oylik olib, 642 ming so‘m yotoqxona ijarasiga to‘layman. Ikkita bolamga yediraymi, maktabga beraymi, o‘zim kiyinaymi, ba’zida rollarga bir xil kiyimda chiqib qolaman, “bechoraning ko‘ylagi yo‘qmikan”, deb yozishadi. Haqiqatan ko‘ylagim yo‘q, shuning uchun bir xil ko‘ylak kiyib yuraman, sotib olishga mablag‘im yo‘q.

Bizga yordam berishsin, deb iltimos qilardim. Bir o‘zimning nomimdan emas, ko‘pchilikning nomidan iltimos qilaman.

Fotima Nazarova, aktrisa, xonanda

Yotoqxona vannasi, hojatxona va oshxonasi haqida

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
Bir qavatda 12 ta xo‘jalik, hammasi oilali. Misol uchun menda ikkita farzand bo‘lsa, qaysidir oilada uchta, to‘rtta farzandli oilalar ham bor. Er-xotin, to‘rtta bolasi bilan bitta xonada yashaydi. Yotoqxonamiz ham, mehmonxonamiz ham, darsxonamiz ham, oshxonamiz ham shu bitta xonadan iborat. O‘n ikkita oila uchun bitta oshxona va oshxonada jami bo‘lib, ikki dona gaz plitasi bor. Bir-birimizni kutib, navbatma-navbat ovqat pishiramiz.

Vanna, tualet uchta xo‘jalikka bitta. Qishlarda sovuq bo‘lib, yelvizak bo‘lib yotardi. Yoshi o‘tganlar bor, imkonsizlikdan bu yerda yashamoqda. Imkoni yo‘q-da, imkoni bo‘lganida bu yerdan ketardi. Kimga zarur, shu san’atga fidoiylik qilib, san’at deb oylikni kutib, chidab, sabr qilib yurishibdi.

Fotima Nazarova, aktrisa, xonanda

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
San’atga fidoyi bo‘lib, nafaqaga chiqqanlar bor. Shu san’at uchun umri o‘tgan, lekin keksaligida bir chetga surib qo‘yilgan. Kimdir shu gaplarimni eshitib qolsa, bizga yordam bersa, deyman.

Bir kuni juda xafa bo‘ldim. “Toshkentlik”, “viloyatlik”, “kelgindi”, “kelib qolgan” degan gaplar bor. O‘zbekistonda, bitta Vatanda yashaymiz-ku, bunaqa gaplar nimaga kerak. Biz aslida hammamiz kelgindimiz, u dunyoga borganda saralanamiz.

Yotoqxonada birimizning bolamiz siyib qo‘yadi, birimizning bolamiz ko‘rpachaga choy to‘kishi mumkin, balkonga chiqarib ilishga, quyoshda quritishga haqqimiz bormi. Bir kuni men ilsam, boshqa kun boshqa oila iladi, almashib ilamiz-da, boshqa ilojimiz yo‘q.

Bir kuni ikkita qari ayolning orqasidan kelyapman, bexosdan ularning suhbatini eshitib qoldim. Balkonimizga qarab, isqirtlar, ilib qo‘yishadi, deb rosa bizni yomonlashdi. Dilim og‘ridi. Vaholanki bizning dardimizni, muammomizni bilishmaydi. Yotoqxonada yashaysizmi, deb mensishmaydi, balki maktabda bolalarimizning ham ustidan kulishar.

Fotima Nazarova, aktrisa, xonanda

Ma’lumot uchun, Fotima Nazarova 1971-yil tavallud topgan. 1991-yili hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining musiqali drama teatri aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi