Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Bu haqda quyi palata axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatda ma’muriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun o‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subyektiga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyati doirasida ishtirok etishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini joriy qilish, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish, jumladan, sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmagani sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, bunda da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazish kabi normalar o‘z aksini topgan.

Majlisda deputatlar tomonidan loyihadagi ayrim moddalarni maromiga yetkazish zarurati borligi aytilgan. Bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Mahalliy
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi (video)