Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra ayni paytda Respublikada 665 ta sud zali audioyozuvdan foydalanish tizimi bilan, 385 ta sud zali esa videokonferensaloqa tizimlari bilan ta’minlangan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borishning ixtiyoriy tartibi joriy etilgan. Bundan kelib chiqadiki, bugun sudlarda ayrim holatlarda eski tizimdan foydalanish, ya’ni sud majlislarini bayonnomalarda qayd etib borish tizimi hamon davom etmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, hatto tajribali yordamchi ham sud majlisida bo‘lib o‘tayotgan va ish uchun muhim bo‘lgan barcha holatlarni yozib borish imkoniyatiga ega bo‘lavermaydi. Bu esa o‘z o‘zidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va sudda ishtirok etuvchi boshqa ishtirokchilarning ko‘rsatmalari tushunarsiz, yuzaki bayon etilayotgani, hatto, sudya, prokuror, advokat tomonidan berilgan savollar ham bayonnomada o‘z aksini topmayotgan holatlarni yuzaga keltirishi ehtimoli yuqori.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sud majlisi audioyozuvini majburiy olib borish tartibini joriy etish, manfaatdor shaxslarning murojaatiga asosan sud majlisining audioyozuvlarini «E-XSUD» axborot tizimi orqali elektron taqdim etish tartibini yo‘lga qo‘yish, jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hamda iqtisodiy sudlarni audioyozuvlarni matn shakliga o‘giradigan dasturiy ta’minot bilan ta’minlash taklif etilmoqda.

Xorijiy davlatlar tajribasiga qaralganda Ispaniya, Gresiya, Slovakiya, Ruminiya, Chexiya, Gruziya, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jinoyat-prosessual qonunchiligida sud majlisini audioyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etib borish sud majlisini tashkil etishning majburiy sharti sifatida belgilangan.

Xo‘sh bu tizim qulayliklari nimalarda ko‘rinadi?

Birinchidan, sudlarda ishni ko‘rish vaqtida audioyozuvdan foydalangan holda sud majlisining yozib olinishi sudyaning ishni ko‘rish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytiradi va sud prosesslarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, sud majlisi bayonnomasini o‘zgartirib qo‘yish yoki uni yo‘qolib qolishi kabi salbiy holatlarga barham beradi, sud majlisi kotibining ish yuklamasini ham birmuncha yengillashtiradi, chunki sud majlisini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish sud majlisida bo‘lib o‘tgan hodisalarni o‘zida to‘liq aks ettiradi.

Uchinchidan, sud prosessida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash imkoniyati oshadi, sud prosessida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash osonlashadi hamda sud xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi oshadi.

To‘rtinchidan, sudya yordamchilarining ish hajmi keskin kamayadi, prosess ishtirokchilari sud majlisining audio yoki videoyozuvi bilan onlayn tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Qog‘oz bo‘yicha sudlarning sarf-xarajatlari keskin kamayishi va eng muhimi mamlakatning sud tizimi bo‘yicha amaliyoti Xalqaro reyting va indekslarda yuqori baholanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki mamlakatda adolatli sudlovni amalga oshirish avvalo inson qadrini, uning sha’ni va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida xalq ishonchiga sazovor bo‘la olsin.

Zafar ErgashevHuquqiy siyosat tadqiqot instituti bosh maslahatchisi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi