Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston qonunchiligida advokatlarning ham sud ekspertizasi tayinlashi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki to‘liq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik uchun jarima belgilanishi kiritilmoqda.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish bo‘yicha murojaatlar, shuningdek, litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha barcha tartib-taomillar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bilan bir vaqtda talabgorning xohishiga ko‘ra, advokatlik byurosini ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kompozit xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilmoqda. Bundan tashqari, endi litsenziya yo‘qotilganda yoki yaroqsiz holga kelganda, litsenziyaning dublikatini olish zarurati mavjud bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi