Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Muxlislarning e’tibori doimo yulduzlarning shaxsiy hayotiga qaratiladi, ayniqsa, nikoh haqida gap ketganda.

Elizabet Teylor

Elizabet Teylor va Konrad Hilton, 1950-yil

Elizabet Teylor va Konrad Hilton, 1950-yil

Tarixda ilk marta million dollarlik gonorar olgan aktrisa, “Oskar” mukofoti sovrindori, Gollivud qirolichasi sakkiz marta turmushga chiqqan. 18 yoshida u Konrad Hilton bilan oila quradi, to‘y dabdabali va ajoyib bo‘ladi, ammo oilaviy hayot atigi sakkiz oy davom etadi. 1952-yilda u Maykl Uildingga turmushga chiqadi, erkak undan 20 yosh katta edi va aktrisani deb xotini bilan ajrashadi. Besh yil o‘tgach, er-xotin ajrashishadi (bu vaqt ichida ularning ikkita o‘g‘li bor edi).

Oradan bir yil o‘tib, eri samolyot halokatida vafot etadi. Keyingi turmush o‘rtog‘i qo‘shiqchi Eddi Fisherni kutish uchun uzoq vaqt talab qilmadi — 1959 yilda ular turmush qurishdi va besh yil birga yashashdi. Shundan so‘ng Teylorning hayotida “Kleopatra” filmidagi hamkasbi aktyor Richard Berton paydo bo‘ldi. Berton yulduzning beshinchi va oltinchi eri bo‘ldi.

Ularning birinchi to‘yi 1964-yilda bo‘lib o‘tadi, er-xotinning munosabatlari cheksiz janjal va yarashuvlarga to‘la edi, shuning uchun ular 1974 yilda ajrashishadi. Bir yil o‘tgach, ular bir-birlariga yana bir imkoniyat berishga qaror qilishadi va ikkinchi marta turmush qurishadi, lekin bir yil o‘tib, ular yana ajralishadi.

Oxirgi eri — Virjiniya senatori Jon Uorner bilan aktrisa olti yil birga yashagan,1991-yilda esa u Larri Fortenskiy bilan oila qurgan, biroq besh yildan keyin ajrashgan. Teylor nikohdan va oilaviy hayotdan charchaganini aytganidan keyin boshqa turmushga chiqmagan.

Lui Armstrong

Lui Armstrong va Lyusil Uilson, 1960-yil

Lui Armstrong va Lyusil Uilson, 1960-yil

Taniqli jazz afsonasi Lui Armstrong to‘rt marta oila qurgan. Musiqachining birinchi xotini Deyzi Parker edi. Bu nikoh uzoq davom etmaydi (1918-1923) va zamondoshlarining fikriga ko‘ra, Armstrongning hamkasblarining xotinining kasbi tufayli doimiy masxara qilishlari tufayli ajralishadi.

Luining ikkinchi rafiqasi Lil Xardin, jazz pianinochisi bo‘lib, u tufayli Armstrong yakkaxon karyerasini boshlaydi va mashhurlikka erishadi. Bu munosabatlar 1924-yildan 1938-yilgacha 16 yil davom etadi. Ikkinchi xotini bilan ajrashgandan so‘ng, Armstrong Alfa Smitga uylanadi, ammo bu nikoh ham ajralish bilan yakunlanadi. 1942-yilda Lui to‘rtinchi marta — Cotton Club tungi klubining qo‘shiqchisi Lyusil Uilson bilan turmush quradi, u umrining oxirigacha birga yashaydi.

Nikolas Keyj

Nikolas Keyj va Elis Kim, 2013-yil

Nikolas Keyj va Elis Kim, 2013-yil

Birinchi marta aktyor Nikolas Keyj 1995-yilda uylanadi — aktrisa Patrisiya Arkett uning rafiqasiga aylanadi. Ularning oilaviy hayoti olti yil davom etadi va ajrashgandan bir yil o‘tgach, 2002-yilda Keyj rok-n-roll qirolining qizi Liza Mari Presli bilan oila quradi. Ammo bu nikoh tezda tugaydi — to‘ydan ikki oy o‘tgach, er-xotin ajrashish uchun ariza berishadi. 2004-yilda, Presli bilan ajralish jarayoni tugashi bilanoq Keyj Elis Kim bilan yangi oilaviy munosabatlarga kirishadi, bu uzoqroq — 12 yil davom etadi. Nikolay yana bir nikoh rekordi bilan “maqtanishi” mumkin — uning Erika Koike bilan oilaviy hayoti to‘y marosimidan 4 kun o‘tgach tugaydi. Biroq aktyor oila va nikohga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaydi: 2021-yil 16-fevralda Keyj beshinchi marta turmush quradi. Uning rafiqasi 26 yoshli yaponiyalik Riko Shibata edi.

Pamela Anderson

Pamela Anderson va Tommi Li, 1997-yil

Pamela Anderson va Tommi Li, 1997-yil

Playboy modeli, aktrisa va “Malibu qutqaruvchisi” Pamela Anderson olti marta turmushga chiqqan. Birinchi turmush o‘rtog‘i musiqachi Tommi Li edi, ularning nikohi uch yil davom etgan va ikki o‘g‘il tug‘ilgan. Ajralishdan so‘ng Anderson va Li munosabatlarini tiklashga bir necha bor urinib ko‘radilar, ammo oxir-oqibat baribir ajralishadi. Aktrisaning keyingi eri musiqachi Kid Rok edi, ammo to‘ydan bir necha oy o‘tgach, nikoh buziladi. 2007-yilda esa aktrisa Pam Rik Salomonga turmushga chiqadi, biroq er-xotin bir yildan keyin ajrashishadi. Anderson va Salomon ikkinchi marta 2014-yilda munosabatlarini tiklamoqchi bo‘lishadi, lekin oila qurishga urinish, xuddi birinchisi kabi bir yildan keyin ajralish bilan yakunlanadi. 2020-yil Rojdestvo arafasida aktrisa o‘zidan 13 yosh kichik sobiq tansoqchisi Den Xeyhurst bilan oila quradi. To‘y marosimi juda kamtarona va mehmonlarsiz o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi