Moldovada maymunchechak bilan kasallanish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi, deya ma’lum qilgan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alla Nemerenko ijtimoiy tarmoqlarda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bemor Moldovaga AQSHdan kelgan xorijlik.
Bemor Tom Chorba yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va u yerda maymunchechak kasalligiga shubha bilan olib qolingan. Qayd etilgan belgilar isitma, holsizlik va toshmalar bo‘lgan. Bemorning tahlillari Milliy sog‘liqni saqlash agentligi laboratoriyasida tekshirilganda unda rostan ham maymunchechak aniqlandi, — deb yozadi vazir.Ma’lum bo‘lishicha, bemor AQSHda maymunchechak bilan kasallangan kishi bilan aloqada bo‘lgan.
Mavzuga doir: AQSHda maymunchechak bilan kasallanish holati ko‘paysa, vaksina tanqisligi yuzaga kelishi mumkin
Izoh (0)