Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nurobodda noqonuniy ravishda 1 gektar yer maydonini 10 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Unda aytilishicha, fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lib, blok ishlab chiqarish sexini qurish uchun yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Nurobod tumanida yashovchi T. bilan tanishib qolgan.

T. uning ishonchiga kirib, Nurobod tumani Mehnatkash mahallasi hududida joylashgan hokimlik zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini 10 000 AQSH dollariga sotishini va kelgusida tuman Kadastr bo‘limidagi tanishlari orqali hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi va viloyat prokuraturasi Yer resurslari talon-toroj qilinishini oldini olish bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, T. ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi