Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qozog‘iston aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytirish niyatida. Bu haqda Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatiga tayanib “Kazinform” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Air Astana, SCAT va Qazaq Air kabi mahalliy aviakompaniyalar vakillari pandemiya tufayli to‘xtab qolgan xalqaro muntazam havo liniyalarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni va parvoz geografiyasi hududini kengaytirish lozimligini ta’kidlagan.

Xususan, Pokiston bilan havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, talab ortishi munosabati bilan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Xitoyning qator shaharlariga yangi yo‘nalishlar ochish rejalashtirilgan.

“Biz Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga parvozlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha bir necha so‘rov xatlarini yubordik. Shu bilan birga, biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizga yangi havo yo‘nalishlari va reyslar sonini ko‘paytirishni ham taklif qildik. Yaqin vaqt ichida Xitoy, O‘zbekiston va Pokiston aviatsiya ma’muriyatiga yana ushbu masalalarni zudlik bilan hal qilishga ta’sir etishni so‘raymiz”, — degan yig‘ilishda ishtirok etgan Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saltanat Tompiyeva.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi