Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda besh nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishi yakunida:

  • Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S.Tursunov;
  • Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A.Yo‘ldoshev;
  • Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi B.Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
  • Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I.Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
  • Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi SH.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Mavzuga doir: Sudyalar oliy kengashi sudya odil sudlovni amalga oshirishda nohaqlikka yo‘l qo‘ygani aytilgan xabarga munosabat bildirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi