Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Germaniya Bundesligasining 1-turida “Bavariya” “Ayntraxt” ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Sadio Mane o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Mane so‘nggi 10 yilda “Bavariya”dagi dastlabki ikki o‘yinda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. 30-iyul kuni vinger Germaniya Superkubogi doirasida “Leypsig” darvozasini ham ishg‘ol qilgandi.

Bunga qadar Mario Manjukich 2012-yilda myunxenliklar tarkibidagi dastlabki ikki o‘yinda gol urgandi. Umumiy olganda Manjukich ketma-ket 4 ta o‘yinda gol urgan. Xorvat Germaniya Superkubogida “Borussiya D” (2:1), Germaniya Kubogida “Yan Regensburg” (4:0), Bundesligada “Groyter” (3:0) va “Shtutgart” (6:1) darvozalarini ishg‘ol qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi