Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi xonadonlarning birida 6-avgust kuni yong‘in kelib chiqdi. Holat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, soat 10:15 atrofida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Chuvilloq” mahallasi Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.A yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra yong‘inga tuman favqulodda vaziyatlar bo’limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 10:43 da yetib borgan. Yong‘in soat taxminan 11:30 da butunlay bartaraf etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida yashash uyining 120 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar ko‘rgan, 200 metr kvadrat atrofidagi qismi saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi