Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Andijon viloyati Izboskan tumanida 62 yoshli fuqaro uyida marixuana saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: myloview.ru

Qayd etilishicha, viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan “Qoradori—2022” keng qamrovli profilaktik tadbiri 2-bosqich davomida 3-avgust kuni Izboskan tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Jahonobod” MFY Lolazor ko‘chasida yashovchi fuqaro uyi ko‘zdan kechirilgan.

Jarayon davomida uning xonasidagi shkaf ustida qora rangli sellofan paketda (mazkur ish bo‘yicha tayinlangan sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra) sof vazni 105 gramm marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotgani aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu fuqaroning millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta bo‘lib, 4 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi hisoblanadi. U muqaddam quyidagi jinoyatlarni sodir etgan:

  • 1994-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan;
  • 2004-yilda kodeksning 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi bilan;
  • 2012-yilda 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan sudlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi