“O‘zgidromet” 6-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
6-avgust kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 33–38 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo 35–37 darajagacha isiydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23–28 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)