O‘zbekiston prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
- Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;
- “O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;
- “Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.
Izoh (0)