Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 5-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, shu kuni soat 18:23 da Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida binoning 2 qavatida 140 kvadrat metr maydonda qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi