Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi bog‘chada 5 yoshli bola vafot etdi.

Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi axborot xizmatida aytilishicha, tumandagi “Toma” mahallasida joylashgan 24-son davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotining 5 yoshli tarbiyalanuvchisi O‘.Sh.A.ning tushlikdan so‘ng tobi qochgani sabab zudlik bilan tez yordam chaqirilgan. Shifokorlar uning o‘lganini qayd etgan.

“Bu bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, shuningdek, huquqni muhofaza quluvchi tashkilotlar tomonidan yakuniy xulosa berilgach, Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati tomonidan to‘liq bayonot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Bu bog‘chada bola o‘limi bilan bog‘liq bir hafta ichida kuzatilgan uchinchi holat. 28-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi bog‘chada tarbiyalanuvchining opasi ustiga shisha siniqlari tushishi oqibatida vafot etgandi. 1-avgust kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi bog‘chada tilini chaynab yuborgan 5 yoshli bola vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi 
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vazirining telefon raqamiga kuniga 500 dan ortiq murojaat kelib tushayotgani maʼlum qilindi