Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Markaziy bank so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Fuqarolarni bank kartasidan pul yechib olinishi” bilan bog‘liq tarqatilayotgan ovozli xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bank kartasining egasiga, uning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan bir martalik tasdiqlovchi kodni kiritmasdan turib mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tish yoki kartani mobil ilovaga biriktirish mumkin emas.

Qayd etilishicha, bank kartalarining xavfsizligini ta’minlash uchun hozirgi kunda yetarlicha choralar ko‘rilgan. 

Bank kartasi to‘g‘risidagi ma’lumotlari va uning PIN-kodini ishlatmasdan, uni mobil ilovalarga biriktirmasdan turib, bank kartasidagi pul mablag‘ini yechib olish yoki uni boshqarish imkoniyati yo‘q. 

Xususan, bank kartasidan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun bank kartasining egasiga bir martalik tasdiqlovchi kod yuboriladi. 

Mazkur kodni belgilangan vaqt oralig‘ida tizimga kiritmasdan turib kartani mobil ilova akkauntiga biriktirish mumkin emas.

Bank kartalaridan pul yechib olish holatlari bank kartasidan foydalanishda ayrim fuqarolarni firibgarlarning aldoviga ishonib, o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy yoki karta ma’lumotlarini oshkor etishlari natijasida kuzatilmoqda.

 

Karta foydalanuvchilari firibgarlik holatlarining oldini olish uchun bir nechta xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari zarur.

Bank plastik kartani olgandan so‘ng faqat o‘zingizning telefon raqamingizga SMS xabarnoma xizmatini ulang.

SMS xabarnoma orqali kelgan bir martalik tasdiqlash kodini hech kimga oshkor etmang. Unutmang, bank yoki to‘lov tashkilotining xodimlari hech qachon sizga yuborilgan tasdiqlash kodlarini, kartangizning to‘liq raqami va amal qilish muddatini so‘ramaydi.

SMS orqali kelgan xabarni diqqat bilan o‘qing. Unda kartangiz bilan bog‘liq amaliyot to‘g‘risida ma’lumot va tasdiqlash uchun kod keltiriladi. Ushbu kodni har qanday holatda birovga oshkor etmang.

Bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovalaridan foydalanganingizda murakkab parollarni qo‘llang.

Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan akkauntingizga kirish uchun faqat o‘zingizning qurilmangizdan foydalaning.

Internet orqali tovar yoki xizmatlarni xarid qilish uchun faqat rasmiy, ishonchli saytlardan foydalaning. 

Agar sizga to‘lovni amalga oshirish yoki kartangizga pul o‘tkazish maqsadida havola taqdim etilgan bo‘lsa, uni qayta tekshirib ko‘ring. Taklif etilayotgan veb-sahifaning rasmiy ekanligini tekshiring.

Ijtimoiy tarmoqlar va turli messenjerlar orqali sizga jo‘natilgan shubhali havolalarni ochmang.

Sizga pul o‘tkazish uchun kartangizning raqamlari va amal qilish muddatini yoki tekshirish maqsadida kod yuborilganligini ma’lum qilib, uni aytishingizni so‘raganlarida hech qanday ma’lumot bermang.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Jahon banki dunyo 2030-yilga borib o‘ta qashshoqlikni bartaraf eta olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Andijonda muqaddam uch marta sudlangan 42 yoshli erkak boshqa fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi