Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning 39 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi — ularning Rossiya hududiga kirishi taqiqlandi, deb yozadi Meduza.

Foto: Rossiya TIV

Foto: Rossiya TIV

Idora press-relizida aytilishicha, ushbu siyosatchialr, biznesmenlar va jurnalistlar “Londonning bizning mamlakatimizni yovuz qilib ko‘rsatish va uni xalqaro maydonda yakkalab qo‘yishga qaratilgan dushmanlik siyosatiga imkoniyat yaratmoqda”.

Ro‘yxatning boshidan mamlakat sobiq bosh vaziri Devid Kemeron joy olgan. Undan tashqari, sanksiyalar ta’siriga Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Strarmer, Lordlar palatasi a’zosi Jorj Robertson, Shotlandiya vazirlar mahkamasi kotiblari Angus Robertson va Fiona Xislop, Britaniya-Ukraina savdo palatasi rahbari Beyt Toms, shuningdek, Times, Guardian, Telegraph, Economist, Sun, BBC nashrlari hamda ITV va Sky News telekanallarining 12 nafar jurnalistlari uchradi.

“Buyuk Britaniyaning mamlakatimiz haqida ishonchsiz ma’lumotlar tarqatish, rusofobiya urug‘ini sochish va Kiyev neonatsistik rejimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xatti-harakatlariga Rossiya tomonidan munosib va qat’iy javob beriladi”, — deya ma’lum qildi Rossiya TIV. Idora, shuningdek, Rossiya “stop-listi”ni kengaytirish ustidagi ishlarni davom ettirishga va’da berdi.

Iyul oxirida Rossiya Avstraliyaning 39 nafar fuqarosiga, sal keyinroq 32 nafar Yangi Zelandiya fuqarosiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Iyun o‘rtalarida Rossiya TIV 49 nafar britaniyalikni, oy oxirida esa 25 nafar amerikalikni, shu jumladan, AQSH prezidentining rafiqasi va qizi Jill Va Eshli Baydenlarni “stop-list”ga kiritgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi