Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi suratini sahifasiga joyladi. Obunachilariga esa dam olish kunini yaxshi o‘tkazishini va a’lo kayfiyat hamroh bo‘lishini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

El ardog‘idagi aktrisa Ra’no Yarasheva oilasining Antaliya ta’tili nihoyasiga yetganini ma’lum qildi.

Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev Turkiyaning Kemer shahrida o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va umr ko‘zgusi farzandlar katta bo‘layotganini aksida ko‘rsatishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qizi, xonanda Nilufar Usmonova erta tongda Samarqanddagi uyiga yetib bordi.

“Bravo” jamoasining a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirovaning turmush o‘rtog‘i Haj ziyoratidan qaytdi. U turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini e’lon qildi va Haj safarini ado etgani bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Shoira Otabekova sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayeva ikkinchi dahanni yo‘qotish bo‘yicha layfxak ko‘rsatdi.

Bollivudning yosh, latofatli aktrisalaridan biri Katrina Kaif tug‘ilgan kunida tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Hozirda Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbulda qanday vaqt o‘tkazayotganini muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Bunyodbek Saidov Isroilda dengiz bo‘ylarida dam olayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Murodbek Qilichev 122 ming dollarlik Toyota Land Cruiser 300 yo‘ltanlamasini xarid qildi.

Qiziqchi Avaz Oxun Rossiyaning Moskva shahrida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Instabloger, vayner, aktrisa Feruza Normatova singlisining to‘yida oilasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi — 3 nafar singlisi va 1 ta ukasi borligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, aktrisa talabalik damlarini eslab, yoshlarga motivatsiya berdi. U chin dildan niyat qilinsa, barcha orzular amalga oshishini aytgan.

Aktrisa, teleboshlovchi Sitora Farmonova ayolning baxti nimada ekanligi haqida fikrini bildirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Yosh xonanda Elyorbek Meliboyev ota-onasiga Spark avtomobilini sovg‘a qildi. Uning onasi xursandligidan ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Farhod va Shirin dueti xonandasi Shirin birinchi marta qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan yuzini yashirmagan holda tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shirin 1 yoshli qizalog‘iga eng yaxshi, eng aqlli qizlardan bo‘lishini tiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Jamila G‘ofurova oila a’zolari bilan kechki ovqatda bo‘lgan videosini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi
Mahalliy
Turkiyada 22 yoshli o‘zbek fuqarosi vatandoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi