Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Robert Levandovski “Bavariya”dan “Barselona”ga o‘tadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Klublar 33 yoshli polshalik hujumchining transferi borasida kelishib oldi. Kataloniyaliklar Robert uchun 45 million yevro va 5 million qo‘shimcha bonus sifatida to‘lab beradi, deya yozmoqda Janluka di Marsio.

Levandovski “ko‘k-anorranglilar” bilan bir yilga uzaytirish huquqi bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya” taqdimot marosimida ishtirok etmaydi. U Barselonaga yo‘l oladi va yangi jamoasi bilan AQSHdagi turnega jo‘nab ketadi.

Kristian Falkning xabariga ko‘ra, juma kuni “Barselona” Levandovski uchun 3 ta taklif bildirgan: birinchisi — 40+10 million yevro, ikkinchisi — 45 million, uchinchisi — 45+5 million.

Levandovski “Bavariya”dagi 8 mavsumi davomida 375 o‘yinda 344 ta gol va 72 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov