O‘zbekistonda 23 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 1,4 milliard so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar berdi.
Aholi murojaatlariga asosan 2022-yilning iyun oyida Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan respublikadagi ko‘p qavatli uy-joy fondlariga xizmat ko‘rsatuvchi qator shirkatlar faoliyati o‘rganilgan. Natijada 23 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 15 ta holatda 1,4 milliard so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilingani aniqlangan.
Shundan:
- 14 ta holatda 1,3 milliard so‘m mulkdorlardan yig‘ilgan majburiy badal mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
- 1 ta holatda 124,2 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan.