Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butunjahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda tabiiy uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida O‘zbekiston beshinchi o‘rinni egallagan

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

2021-yil O‘zbekistonda qazib olingan uran hajmi 2020-yilgi ko‘rsatkichda saqlanib qolgan — 3 500 tonna (2018-yilda 3 445 tonna). 

Kitco nashrining yozishicha, qazib olingan uran mamlakatda qayta ishlanmaydi va to‘liq hajmda boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.

2021-yilda ishlab chiqarilgan jami uranning eng katta ulushi (dunyo bo‘yicha yalpi taklifning 45 foizi) Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan — 19,5 ming tonna. 

Keyingi o‘rinlarni Namibiya (5,7 ming tonna), Kanada (4,6 ming tonna) va Avstraliya (4,1 ming tonna) band etgan.

2021-yilda dunyo miqyosida uran ishlab chiqarish hajmi 2020-yilga nisbatan 1 foizga oshib, 48,3 ming tonnani tashkil etgan. 

WNA ma’lum qilishicha, 2021-yilda ishlab chiqarilgan uran global miqyosdagi talabning bor-yo‘g‘i 77 foiz qismini qoplagan.

Dunyo bo‘ylab tabiiy uran zaxiralari 6,14 million tonna hajmida baholanadi. Shundan 28 foiz qismi Avstraliya, 15 foiz qismi — Qozog‘iston va 9 foiz qismi Kanada hissasiga to‘g‘ri keladi.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya hamda Namibiya, uran zaxiralarining mos ravishda 8 foiz va 7 foiz qismiga egalik qiladi. 

O‘zbekiston 132,3 ming tonnalik (dunyo zaxirasining 2 foiz qismi) zaxiralari bilan dunyo bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.

Avvalroq AQSH O‘zbekiston va boshqa davlatlardan uran sotib olishni to‘xtatishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi