Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyatida yashash xonadonida marixuana saqlagan fuqaro aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Foto: Farg‘ona IIB

Foto: Farg‘ona IIB

26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha xodimlarining tezkor ma’lumotiga asosan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jo‘ydam mahalla hududida yashovchi Q.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni yerto‘lasidan 15 dona sariq rangli qog‘oz o‘ramda hamda 1 dona sigaret qutisida marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi