Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Tokoradzava shahri aholisi “Totoro o‘rmoni” nomli bog‘ni saqlab qolish uchun pul yig‘ishni boshladi. Ushbu bog‘ Xayao Miyazakiga “Qo‘shnim Totoro” klassik multfilmini yaratishda ilhom manbayi bo‘lib xizmat qilgan, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Bog‘ tegilmagan 3,5 ming gektar o‘rmondan iborat. Shaharliklar bog‘dagi qurilishlarning oldini olish uchun 19 million dollar to‘plash niyatida. Xayriyani amalga oshirgan har bir fuqaro Ghibli studiyasining multfilmi ramziga oid maxsus suvenirga ega bo‘ladi.

“Qo‘shnim Totoro” multfilmi 1988-yilda katta ekranlarga chiqqan va 1950-yillarda yangi uyga ko‘chgan universitet professorining ikki qizi haqida hikoya qilinadi. Qizlar kattalar ko‘ziga ko‘rinmaydigan Totoro laqabli o‘rmon ruhi va boshqa ertak qahramonlari bilan tanishib qoladi.

Hozirda Miyazaki Gendzaburo Yosinoning “Qanday yashayapsiz?” kitobi asosida yaratiladigan yangi lenta ustida ish olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi