• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tadbirkorlik kodeksi loyihasi yoxud qonunchiligimizdagi “beshinchi g‘ildirak” haqida

    “Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan mamlakatni boshqarish mumkin. Ammo amaldorlar yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham yordam bermaydi” – Otto fon Bismark

    Yengil avtomobilingizning to‘rtta g‘ildiragidan bittasi ishdan chiqsa, uni ta’mirlaysiz, almashtirasiz. Ammo hech vaqt ishlamaydigan g‘ildirakni joyida qoldirib, beshinchi g‘ildirakni ildirmaysiz – bunday yo‘l tutish mantiqsizlik bo‘lar edi.

    Ammo, bizning mutasaddi yuqori boshqaruv idoralarimizning harakatlari ba’zida shunday mantiqsizlikni eslatadi: amaldagi qonunlarning kamchiliklarini bartaraf etib, ular ijrosi ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash o‘rniga, yana bir yangi qonun hujjatini qabul qilishni taklif etishadi.

    Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilishi ayni shunday vaziyatga misoldir.

    Loyiha 15 kun – 30-maydan 14-iyungacha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida muhokama uchun joylashtirildi. Qizig‘i shundaki, juda hajmdor (odatda, qo‘llanadigan 14 kegel shriftida hajmi 250 bet!) va nomlanishiga qaraganda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim loyiha jamoatchilik orasida ham, tadbirkorlik sohasi vakillari, yuristlar, iqtisodchi-ekspertlar orasida ham faol muhokama qilinmadi. Portal ma’lumotlariga qaraganda, 105 tagina taklif bildirilibdi xolos. Bunday “faollik”ning asosiy sababi, fikrimizcha, amaldagi bir necha qonunlarni birlashtiruvchi bunday umumiy qonun hujjatini qabul qilishga hech qanday zarurat yo‘qligida.

    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda iqtisodiy sohada chuqur o‘zgarishlar amalga oshirildi. Islohotlar hali oxiriga yetkazilgani yo‘q, ular faol davom etmoqda va iqtisodiy taraqqiyotimizni ta’minlash uchun maqbul tadbirkorlik muhitini yaratish vazifasi to‘liq bajarildi, deya olmaymiz.

    Muammo, fikrimizcha, tadbirkorlikni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining haddan ziyod ko‘pligi, yoki, aksincha, qandaydir qonun hujjatlarining yetishmasligida emas, balki, birinchidan, ushbu amaldagi qonun hujjatlaridagi, eng avvalo, soliq qonunchiligidagi kamchiliklarda; ikkinchidan, qabul qilingan qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratning yetishmasligida.

    “Maqbul tadbirkorlik muhitini yaratishga nima to‘sqinlik qilyapti?” degan savolga: “Mutasaddi idoralarimiz, tadbirkorlik sohasi vakillari-yu, fikr-mulohaza yuritib, taklif bildirayotgan ekspert-mutaxassislarning aksariyatida o‘rnashib qolgan tadbirkorlik erkinligi va uning ustidan nazoratning sun’iy ravishda qarama-qarshi qo‘yilishi” deb javob bergan bo‘lar edim.

    Aslida erkinlik va nazorat – bitta tanganing ikki tomoni: erkinlik deganda doim qonun-qoidalar doirasidagi erkinlik tushuniladi, nazoratsiz esa erkinlik bo‘lmaydi.

    Shu o‘rinda quyidagi o‘y-fikrlar og‘ir tosh bo‘lib xayolga keladi...

    Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ye, deydi xalqimiz. Tadbirkor oshi halolligini tekshirib turish kerak. Masalan, bozor-udo‘konlarimiz turli xil pishiriq-shirinliklarga, kolbasa mahsulotlari-yu, sariyog‘larga to‘la. Biz iste’mol qilayotgan ushbu mahsulotlar sifat standartlariga qay darajada javob beradi? Ular salomatligimizga zarar yetkazadigan sun’iy moddalar bilan “boyitil”maganligiga kim kafolat beradi? Nega buxanka noni bir kundan keyin mog‘orlab, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi va natijada, hatto yaqinda narxi oshgandan keyin ham, mol-parrandaga yem bo‘lmoqda? Tadbirkor novvoylarimiz milliy nonlarimiz tarkibiga tovar ta’mi va ko‘rinishi bozorbop bo‘lishi uchun zararli yog‘lar-u sun’iy qo‘shimchalarni qo‘shmayotganlarini kimdir tekshiryaptimi? Bunday zaruriy tekshirishlar ham tadbirkorlik erkinligini cheklashmi?

    Nazoratni, tekshiruvlarni tadbirkorlikni cheklovchi omil sifatida qaramaslik lozim!

    Mamlakatimizda 2020-yildan yangi Soliq kodeksi amalga kiritildi, soliq tizimida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo, maqbul soliq tizimi yaratilgani yo‘q. Buning tasdig‘i sifatida soliq nazoratida raqamli dasturlarni qo‘llashda yuzaga kelayotgan soliq idoralari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni aytishning o‘zi kifoya.

    Hamma gap shundaki, raqamli 21-asr Soliq kodeksining soliq tekshiruvlari bobidagi qoidalari o‘tgan 20-asr, ya’ni raqamli texnologiyalar qo‘llanilmagan davrda qaror topgan tamoyillarga asoslagan. Bu birgina misol xolos va bu haqda biz bir necha bor yozganmiz.

    Soliq tizimi tadbirkorlik muhitini belgilovchi asosiy omil. Bu tizimni maqbullashtirmasdan turib, boshqa qonun hujjatlarini birlashtiruvchi Tadbirkorlik kodeksini qabul qilish – befoyda ish: masalchi Ivan Krilovning “Kvartet” masalidagi qahramonlarning harakatlari bilan barobar!

    Adliya vazirligining ma’lumotida Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqishda mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning amaliyoti o‘rganilgan, deyilgan. Ammo, yurist-tadqiqotchilarimizning o‘rganishlari shuni ko‘rsatmoqdaki[1], AQSH va ba’zi Yevropa davlatlarida tadbirkorlik sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini kodifikatsiya qilish amaliyoti bizda ham Tadbirkorlik kodeksining qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslovchi misol bo‘la olmaydi.

    Binobarin, AQSHda savdo va tijorat sohasi AQSH Yagona tijorat kodeksi )Uniform Commercial Code) orqali tartibga solinsa, tadbirkorlik subyektlari bo‘lmish korporatsiyalar faoliyati Model Business Corporation Act vositasida tartibga solinadi. Buning ustiga, AQSHda Yagona tijorat kodeksi federal qonun hisoblanmaydi, u hamma shtatlarda muayyan o‘zgarishlar bilan qabul qilinadi. Ushbu hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat ham emas, balki shtat tomonidan qabul qilingan bo‘lsagina yuridik kuchga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu kodeks tadbirkorlik munosabatlarining barcha jabhalarini qamrab olmagan, xususan, u xizmatlar ko‘rsatishni, bankrotlik masalalarini tartibga solmaydi. AQSH tajribasidan ko‘rinib turibdiki, Yagona tijorat kodeksi o‘z nomi bilan yagona bo‘lsa-da, mamlakat bo‘ylab federal qonun sifatida qabul qilinmagan va u shtatlar tomonidan o‘z qonunlarini qabul qilish uchun andoza bo‘lib xizmat qiladi.

    Fransiyada Tijorat kodeksi 1807-yilda qabul qilingan va ayni paytda ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra ko‘proq formal xususiyatga ega bo‘lib bormoqda. Chunki real iqtisodiy sektor maxsus qonunchilik bilan ko‘p darajada tartibga solinmoqda. Fransiyalik yirik olim D.Tallon ta’kidlaganidek, Tijorat kodeksi “bo‘sh qobiq”dan iborat bo‘lib qolgan.

    Adliya vazirligining ma’lumotida sanab o‘tilgan Tadbirkorlik kodeksi loyihasida nazarda tutilgan yangiliklar, fikrimizcha, xalq tili bilan aytganda, kodeks maqomiga tortmaydi. Ushbu yangiliklarni amaldagi qonunlarni takomillashtirish orqali joriy etish ham mumkin. Masalan, tadbirkorlik subyektlarini kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratish, “xo‘jalik shirkati” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlarini belgilagan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqining berilishi uchun yangi umumlashtirilgan kodeksni qabul qilish shart emas, buning uchun amaldagi qonunlarimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kifoya.

    Tadbirkorlik – foyda olish maqsadidagi faoliyat. Bu ta’rif amaldagi qonunlarimizda ham, taklif etilayotgan loyihada ham takrorlangan. Bu ta’rif to‘g‘ri, unga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Ammo, tadbirkor faoliyat yuritib foyda olishi butun jamiyatning moddiy asosini tashkil etishi va pirovardida jamiyatning manfaatlariga xizmat qilishi uchun tadbirkor faoliyati davlat tomonidan qonunlar orqali tartibga solinishi kerak. Tadbirkorlik jamiyatimizning ajralmas qismi va u butun jamiyat manfaatlariga uyg‘un tarzda rivojlanishi lozim. Bu uyg‘unlikka faqat oqilona qonunlar va ular ijrosini ta’minlash orqali erishiladi.

    Afsuski, bizda davlat tomonidan tartibga solish, nazorat, tekshirish harakatlari tadbirkorlik faoliyatini cheklovchi omil sifatida qaraladigan bo‘lib qoldi. Bunday biryoqlama qarash qonunlar (birinchi navbatda, soliq qonunchiligi) kamchiliklar bilan qabul qilinib, korrupsiya holatlari ko‘paygan holatda shakllangan. Tadbirkorlik qonun doirasida erkin bo‘lishi – bu aksioma, isbot talab qilmaydigan haqiqat, lekin tanganing ikkinchi tomoni – qonun qoidalarida ifodalangan davlat, ya’ni butun xalq, jamiyat manfaatlari ham bor. Bu ikki tomon ajralmas birlikdir. Tadbirkor manfaati alohida-yu, tadbirkor bo‘lmaganlarning manfaati alohida emas. Tadbirkor ham barcha jamiyat a’zolari kabi davlat xizmatlaridan foydalanadi, uning farzandlari maktabga boradi, o‘zi va barcha oila a’zolari davlat himoyasida bo‘ladi. O‘zi tadbirkor bo‘lib, oila a’zolari ishchi, xizmatchi bo‘lishi mumkin – biz hammamiz bir kemadamiz.

    Fikrimizcha, Tadbirkorlik kodeksi loyihasi tadbirkorlikni sun’iy ravishda jamiyatdan ajratish, davlat idoralarini unga qarama-qarshi qo‘yish g‘oyasiga asoslangan. Bu nuqson, xususan, loyihaning 4-moddasida ko‘rinadi. “Tadbirkorlik subyektlari va davlatning o‘zaro munosabatlari” deb nomlangan ushbu modda quyidagi qisqagina jumladan iborat: “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlari va davlatning o‘zaro munosabatlari tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan”. Bu ta’rifda “o‘zaro munosabatlar” faqat davlatning majburiyatlarini belgilashdan iborat bo‘lib qolgan: davlat tadbirkorlarni “rag‘batlantiradi”, ular uchun “qulay shart-sharoitlarni yaratadi”, ular “manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi”. Savol tug‘iladi: “o‘zaro”lik qani? Nega bu yerda faqat davlat majburiyatlari sanab o‘tilgan? O‘zaro munosabatlar deganda o‘z-o‘zidan ikkita tomonning majburiyatlari belgilanishi kerak emasmi?

    Loyihada oddiy hayotiy, insoniy mantiqdan kelib chiqishi sababli qonun darajasida belgilanishi shart bo‘lmagan umumiy qoidalar, normalar bisyor. Masalan, tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida “tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligi” belgilangan (5-modda). Har bir ish, harakat, jarayon muayyan samara berishi lozimligi o‘z-o‘zidan ayon-ku, buni qonunda belgilashga ne hojat?

    Xuddi shunday, “korrupsiyadan xolilik” alohida bir prinsip sifatida belgilangan (15-modda). Korrupsiya ijtimoiy illat ekanligini hamma biladi. Illatdan xoli bo‘lish oddiy hayot mantig‘idan kelib chiqadi – bu qonun bilan belgilanishi lozim bo‘lgan norma emas.

    Loyihaning 32-moddasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari” deb nomlangan. Konstitutsiyaviy normalar Bosh Qomus – Konstitutsiyada belgilanadi. Bosh Qomus normalarining undan past turuvchi qonun hujjati loyihasiga kiritilishi, fikrimizcha, qonunchilik tuzilmasi mantig‘iga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun normalariga ziddir.

    Loyihada sxolastik, ya’ni hayotda aniq narsani ifoda etmaydigan, ma’nosi mavhum, “donolikka da’vo” qiladigan umumiy gaplar bilan ifodalangan mantiqsiz normalar mavjud. Masalan, loyihaning 7-bobi “Tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy mas’uliyati” deb nomlangan bo‘lib, ixtiyoriy asosda ijtimoiy, ekologiya va boshqa sohalarning rivojlanishiga hissa qo‘shish, homiylik qilish tadbirkorlikning ijtimoiy mas’uliyati ekanligi belgilangan. Bu yerda “ixtiyoriy” so‘zining “mas’uliyat” so‘zi bilan bog‘lanishi mantiqqa ziddir, chunki qonun matnida “mas’uliyat” tushunchasi ishlatilganda mantiqan u muayyan qonuniy normaga rioya qilish majburiyatini anglatadi. Qonun normasining bajarilishi esa ixtiyoriy bo‘lishi mumkin emas!

    Loyihaning uchta – 184, 234 va 320-moddalari bir xil, “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan, 34-bob va 384-modda nomlari ham bir xil - “Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarligi” deb yozilgan. Fikrimizcha, bu holat ham qonun hujjati loyihasining anchagina “xom”ligidan dalolat beradi.

    Xulosa shuki, birinchidan, soliq qonunchiligini optimallashtirgan holda uning ijrosini raqamli texnologiyalar yordamida samarali nazorat qilishni yo‘lga qo‘ymasdan, ikkinchidan, tadbirkorlik erkinligi va qonun ijrosini nazorat qilish ajralmas birlik ekanligini anglamasdan, uchinchidan, tekshiruvlarni tadbirkorlik erkinligini cheklash deb biladigan soxta g‘oyadan voz kechmasdan turib, qonunlarni birlashtirish, kodifikatsiyalash, yangi-yangilarini “ijod” qilish orqali mamlakatimiz iqtisodiy qudrati va xalqimizning farovonligini ta’minlovchi qulay tadbirkorlik muhitini yaratishga urinishlar – xom xayoldir.

    Farhod Qurbonboyev iqtisod fanlari nomzodi

    28.06.2022, 18:58   Izoh (0)   15821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.